Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Umida Omonova jahon chempioni, Humoyun Bekmurodovda kumush medal
21:58 / 2022-05-02

Muborak Ramazon hayiti nishonlanayotgan shu kunlarda Gretsiyadan ajoyib xushxabar oldik.

Gretsiyaning  Rodos shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida yakunlangan jahon chempionatida o‘zbekistonlik ikki nafar iqtidor sohibi shohsupadan joy oldi.

Jahon chempionatida  dunyoning 40 davlatidan 330 nafardan ortiq yosh shaxmatchi ishtirok etdi.

O‘zbekiston sharafini uch nafar yosh shaxmatchimiz himoya qildi. Humoyun Bekmurodov(12 yosh), Olmos Rahmatullayev(16) va Umida Omonova (16) yosh.  

Quvonarlisi, Surxondaryo shaxmat maktabi vakili Umida Omonova o‘z yosh toifasida jahon chempioni bo‘ldi. Toshkent shahri vakili Humoyun Bekmurodov esa kumush medal sohibiga aylandi.

Otangga rahmat, Umida! Balli, Humoyun!

Husan KARVONLI.

O‘zA