Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: “Toshkent yozi” turnirida qoʻshpeshqadamlik hukm surmoqda
16:55 / 2019-07-17

Shu kunlarda poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida anʼanaviy “Toshkent yozi” turniri boʻlib oʻtmoqda.


Shu kunlarda poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida anʼanaviy “Toshkent yozi” turniri boʻlib oʻtmoqda.

104 nafar qatnashchi gʻoliblik uchun dona surayotgan “A” guruhidagi navoiylik Sitora Saparova hamda Qashqadaryo viloyati vakili Davron Sharipov yetakchilik qilmoqda. Bu ikki peshqadam oʻtkazilgan 5ta oʻyinning barchasini gʻalaba bilan yakunlashgan. 6-turdan soʻng, ularning qay biri yakka peshqadamga aylanishi maʼlum boʻladi yoki muvozanat saqlanib qolarmikan?!.

“B” guruhida esa jami 142 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Bu yerdagi oʻyinlar ham keskin va murosasiz kechayapti. Musobaqada 5-turdan soʻng qashqadaryolik ikki shaxmatchi – Akobir Joʻrayev va Shahzod Saidovlar magʻlubiyatsiz odimlashmoqda. Ayni daqiqalarda boʻlib oʻtayotgan 6-tur oʻyinlari ulardan qay biri kuchli ekanini aniqlab bersa ajabmas.

Musobaqa 20-iyulga qadar davom etadi.