Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: TOP-100 talikdan 4 nafar shaxmatchimiz joy oldi
15:28 / 2023-11-03

Xalqaro shaxmat federatsiyasi noyabr oyining yangilangan reytingini e’lon qildi. Mazkur reytingdan dunyoning eng kuchli 100 nafar shaxmatchisi joy oldi.

Ular qatoridan mamlakatimizning 4 nafar shaxmatchisi ham o‘rin egallagan.  

Iste’dodli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov 2722 ball bilan reytingning 25-pog‘onasida borayotgan bo‘lsa, Javohir Sindorov 2681 ochkoga ega bo‘lgan holda 49-o‘rinda, Rustam Qosimjonov 2643 ball bilan 52-qatorda va Nodirbek Yoqubboyev 2643 ball jamg‘argan tarzda kuchli yuzlikda qayd etilgan.  

TOP-100 talik ro‘yxatni 2829 reyting ochkosiga ega niderlandiyalik sobiq jahon chempioni Magnus Karlsen boshqarmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni AQSHlik Fabiano Karuana(2795) va xitoylik Lijin Din egallab turibdi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA