Ma’lumki, boshqa sport turlaridan farqli ravishda shaxmatda ichki va xalqaro musobaqalarning tig‘izligi, raqobatning kuchliligi tufayli hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan sog‘lom raqobat va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida belgilangan tartib asosida milliy terma jamoalar tarkibi har to‘rt oyda yangilanadi.
Kuni kecha yangi sport davri uchun shaxmat bo‘yicha mamlakat milliy terma jamoalar murabbiylar kengashining qarori asosida yaqinlashib kelayotgan xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan terma jamoalarining yangilangan tarkibi e’lon qilinadi.
Unga ko‘ra, erkaklar terma jamoasining 1-tarkibidan Nodirbek Abdusattorov (2751), Javohir Sindorov (2726), Nodirbek Yoqubboyev (2691), Shamsiddin Vohidov (2644) Muhiddin Madaminov (2567), 2-tarkibdan Abdumalik Abdusalimov (2560), Jahongir Vohidov (2516), Ortiq Nig‘matov (2459), Muhammadzohid Suyarov (2449), Saidakbar Saidaliyev (2440), 3-tarkibdan Humoyun Bekmuratov (2429), Bahrom Bahrillayev (2427), Almas Rahmatullayev (2394), Davron Sharipov (2381), Asrorjon Omonov (2353) joy egalladi.
Shuningdek, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 1-tarkibidan Afruza Hamdamova (2403), Gulruhbegim Tohirjonova (2363), Umida Omonova (2334), Guldona Karimova (2323), Madinabonu Halilova (2287), 2-tarkibdan Nilufarxon Imomqo‘ziyeva (2232) Nilufar Yoqubboyeva (2195), Asal Salimova– (2177), Marjona Malikova (2081), Shoxina Ahmedova (2056), 3-tarkibdan Maftuna Bobomurodova (2044), Ozoda Shahzodova (2044), Zilola Aktamova (2032), Ruqiya Olimova (2021) Mumtozbegim Mansurova (2020) o‘rin oldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA