Shaxmat: Sindorov va Yoqubboyev jahon kubogi 1/16 finalida qatnashmoqda
Bugun, 12 noyabr kuni Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan jahon kubogi musobaqasining 1/16 final bosqichi 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
1/16 final bosqichi 2-tur o‘yinlarining ortda qolgan 1-turida hamyurtlarimiz Nodirbek Yoqubboyev hindistonlik Venkatesh Pranav bilan, Javohir Sindorov xitoylik Yu Yan bilan durangga erishdi.

Mukofot jamg‘armasi 2 million AQSH dollaridan iborat jahon kubogining 2-turida hamyurtlarimiz raqiblariga qarshi dona suradi. O‘yinlarda murosa yo‘li tanlangan taqdirda ertaga o‘tkaziladigan pley-off bahslarida g‘oliblar aniqlanadi.


Eslatib o‘tamiz, 21 noyabrga qadar davom etadigan jahon kubogida sovrindorlikka erishgan 3 nafar shaxmatchi 2026 yilgi jahon chempionatining nomzodlar musobaqasida qatnashish huquqiga ega chiqadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA