Shaxmat: samarqandlik talaba intellektual olimpiada g‘olibi
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Intellektual olimpiada bahslari yoshlarni tafakkur dunyosiga chorlayotgani bilan ahamiyatlidir.
Kuni kecha mazkur olimpiada doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida shaxmat musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizdagi bir qator oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talaba-yoshlari qatnashgan shaxmat musobaqalarining o‘g‘il bolalar bahsida Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi Uchqun Umirov 9 ta turdan iborat o‘yinlarda 7,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA