Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: “Prezident kubogi”da Vohidov Sarinni mag‘lub eta oladimi?
12:23 / 2025-12-11

Bugun, 11 dekabr kuni poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Prezident kubogi” bahslarining 8-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

Mazkur turnirning markaziy o‘yini “Masters” guruhida birinchi raqam ostida tasniflangan holda 5 ochko bilan yetakchilik qilayotgan hindistonlik Nihal Sarin va hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Mukofot jamg‘armasi 80 ming AQSH dollaridan iborat turnirning kecha poyoniga yetgan 7-turida eronlik grossmeyster Danishvar Bardiyani mag‘lubiyatga uchratgan Sarin 5 ochko bilan yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

Nihalni 6-turda mag‘lubiyatga uchratgan hamyurtimiz Muhiddin Madaminov 7-turda germaniyalik Frederik Svenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugungi bahsda Saringa qarshi oq donalarda harakatlanadigan Shamsiddin Vohidov kechagi turda terma jamoamiz a’zosi Abdumalik Abdusalimovga mag‘lub bo‘ldi.

O‘zbekistonlik shaxmat ixlosmandlari uchun e’tiborli holat shundaki, bugungi turda Vohidov Hind shaxmatchisini mag‘lub etishni uddalasa, sovrindorlik sari katta qadam tashlagan bo‘ladi.

Shuningdek, bugungi tur o‘yinlarida hamyurtlarimizdan Muhiddin Madaminov Fransiya vakili Maksim Lagarde bilan, Abdumalik Abdusalimov FIDE bayrog‘i ostida turnirda qatnashayotgan Aleksandr Grishuk bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga 12 dekabr kuni turnirning g‘olib va sovrindorlarini aniqlaydigan so‘nggi 9-tur o‘yinlari tashkil etiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA