French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: O‘zbekiston-AQSH mag‘lubiyatga teng durang
07:56 / 2022-08-02

Ortda qolgan 4-tur natijalariga ko‘ra, hamyurtlarimiz AQSH vakilllari bilan durangga ixtiyoriy-majburiy tarzda rozi bo‘ldi.

Shu kunlarda Hindistonning Chennay shahrida 44-butunjahon shaxmat olimpiadasi qizg‘in davom etmoqda.

Bunday deyishimizga sabab, terma jamoamiz a’zosi Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Fabiano Karaunani mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev jahon reytingida 6-o‘rinda joy olgan Levon Aronyan bilan oq donalarda durang o‘ynadi. Javohir Sindorov qora donalarda Uesli Sodan mag‘lub bo‘ldi. Tajribali Jahongir Vohidov esa Sem Shenklend bilan o‘yin avvalida ishonchli dona surdi. Biroq, 51-yurishga kelib Jahongir deyarli yuz foizlik g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Bu esa amerikaliklar uchun g‘alabaga teng durangni taqdim etdi.

Ushbu durangdan so‘ng terma jamoamizning ochkosi 7 taga yetdi. Bungacha vakillarimiz uchta bahsda g‘alabaga erishgandi.

Shaxmat olimpiadasining qizlar o‘rtasidagi o‘yinlari ham murosasiz bahslarga boy kechmoqda. 
Shaxmatimiz malikalari kecha Dominikan Respublikasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. 

Nilufar Yoqubboyeva va Umida Omonova durangga imzoo chekkan bo‘lsa, Maftuna Bobomurodova va Marjona Malikova g‘oliblikni tantana qildi. Shu tarzda O‘zbekiston qizlar terma jamoasi shaxmat olimpiadasida 3 ta g‘alabani qo‘lga kiritib turibdi. 

Erkaklar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar kutilgan va kutilmagan natijalar bilan barchani hayratga solmoqda. Chempionatda Hindistonning uchta jamoasi qatnashayotgan bo‘lsa, ularning barchasi yuz foizlik imkoniyat bilan harakatlanayotgan bir paytda Hindiston-3 jamoasi kecha Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi. Olimpiadaning markaziy uchrashuvlaridan biri hisoblangan Fransiya-Hindiston jamoasi “dueli”da durang qayd etildi. Hindiston-2 jamoasi esa bir tur muqaddam Karlsen yetakchiligidagi Norvegiyani mag‘lub etgan Italiyani 3-1 hisobida dog‘da qoldirdi. 
O‘zbekiston erkaklar jamoasi 5-turda 4-turda Ukraina shaxmatchilarini yenggan Slovakiya bilan, qizlarimiz esa vetnamlik dugonalari bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, 44-shaxmat olimpiadasining 5-tur o‘yinlari bugun bo‘lib o‘tadi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA.