Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Nomzodlar turnirining ilk turida Sindorov Yesipenko bilan kuch sinashadi
12:18 / 2026-02-21

Xalqaro shaxmat federatsiyasi joriy yilning 28-mart - 16-aprel kunlari Kiprda bo‘lib o‘tadigan Nomzodlar turnirining ilk juftliklarini e’lon qildi.

Aytish lozim, nomzodlar turniri 8 nafar shaxmatchi ishtirokida aylanma tizimda o‘tkaziladi. Ya’ni, har bir ishtirokchi boshqalar bilan ikki martadan — bir marta oq, bir marta qora donalarda kuch sinashadi. Turnir davomida jami 14 ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan yilgi nufuzli musobaqalar natijasida hamyurtimiz Javohir Sindorov, germaniyalik Matias Blyubaum, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxa, AQSHlik shaxmatchilar Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura, niderlandiyalik Anish Giri, xitoylik Vey I, rossiyalik Andrey Yesipenko Nomzodlar turniri yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.

Kiprda bo‘ladigan Nomzodlar turniri yakunlariga ko‘ra, g‘oliblikka erishgan grossmeyster klassik shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Gukesh bilan chempionlik toji uchun kurash olib borish huquqini qo‘lga kiritadi.

FIDE tomonidan e’lon qilingan qur’a natijalariga ko‘ra, 1-turda Sindorov — Yesipenko, Blyubaum — Vey I, Praggnanandxa  — Giri, Karuana — Nakamura ro‘baro‘ kelishi belgilandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA