Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Nodirbek Yoqubboyevning muvaffaqiyatli yurishi davom etmoqda
12:10 / 2025-08-22

Polshada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha “61st Rubinstein Memorial-2025” turnirida Nodirbek Yoqubboyev muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Turnirning kecha o‘tkazilgan 6-tur bahsida Nodirbek Yoqubboyev 9-o‘rinda borayotgan polshalik Pavel Teklafni mag‘lub etib, 4,5 ochko bilan yakka peshqadamga aylandi.

Mazkur turda hamyurtimizning asosiy ta’qibchilari bo‘lgan polshalik Radoslav Voytashek va germaniyalik Mattias Blyubaum murosa yo‘lini tanlashi ortida 4 ochko bilan keyingi pog‘onalarni band etib turibdi.

Bugun, 22 avgust kuni o‘tadigan 7-tur bahsida Yoqubboyev qora donalarda angliyalik Maykl Adams bilan bahs olib boradi. Adams hozirda 1,5 ochko bilan so‘nggi - 10-o‘rindan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Polshadagi musobaqalar 25 avgustga qadar davom etadi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA