Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Nodirbek Yoqubboyev Polsha turnirida peshqadam
11:09 / 2025-08-23

Polshada shaxmat bo‘yicha o‘tayotgan “61st Rubinstein Memorial-2025” turnirining ortda qolgan o‘yinlaridan keyin hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev 5,5 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi.

Kecha o‘tkazilgan 7-tur bahsida Yoqubboyev qora donalarda angliyalik Maykl Adamsni mag‘lub etdi.

10 nafar grossmeyster ishtirok etayotgan turnirning bugun, 23 avgust kuni o‘tadigan 8-tur bahsida Nodirbek 3-o‘rinda borayotgan polshalik Mateush Bartel bilan kuch sinashadi.

Turnirda 2-o‘rinda borayotgan David Navara (Chexiya) 8-turda 3 ochko bilan 8-qatorda harakatlanayotgan Aravind Chitambaram (Hindiston) bilan ro‘baro‘ keladi.

Turnirning so‘nggi 9-tur o‘yinlari ertaga, 24 avgust kuni tashkil etiladi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA