Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov ozarbayjonlik Mamedyarov bilan kuch sinashadi
11:21 / 2024-06-07

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha boshlangan «UzChess Cup 2024» turnirining «Masters» guruhida o‘tkazilgan 5 ta o‘yinning 2 tasida g‘alaba, 3 tasida durang holati qayd etilgani Toshkent musobaqalari murosasiz kechayotganini ko‘rsatmoqda.

Mazkur guruhda dastlabki o‘yinni Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Parham Magsudluga qarshi o‘tkazib, g‘alabaga erishdi. Shuningdek, FIDE bayrog‘i ostida turnirda qatnashayotgan Aleksandr Grishuk va Aleksey Sarana (Serbiya) o‘rtasidagi o‘yinda serbiyalik shaxmatchining qo‘li baland keldi. Yang Yi (Xitoy) – Javohir Sindorov va Richchard Rapport (Ruminiya) – Nodirbek Yoqubboyev, Vidit Santosh – Shahriyar Mamedyarov (Ozarbayjon) uchrashuvlaridagi o‘yinlar durang bilan yakunlandi.  

Bugun, 7 iyun kuni «Masters» guruhining navbatdagi 2-tur musobaqasida Nodirbek Abdusattorov – Shahriyar Mamedyarov, Sarina – Magsudlu, Yoqubboyev – Vidit, Sindorov- Rapport, Grishuk – Yang Yi kurashlari bo‘lib o‘tadi.  

"Challengers" guruhidagi musobaqalarda qatnashayotgan umidli shaxmatchilarimizdan Jahongir Vohidov Mustafo Yilmazni mag‘lub etdi. Shamsiddin Vohidov germaniyalik Aleksandr Donchenko bilan murosa yo‘lini tanladi. 

"Futures" guruhida hamyurtlarimiz Muhammadzohid Suyarov, Humoyun Bekmuratov, Muhiddin Madaminov va Saidakbar Saidaliyev ham durangga ega bo‘lgan tarzda 0.5 ochkoga ega chiqdi.  

Mukofot jamg‘armasi 166 ming AQSH dollaridan iborat bo‘lgan turnir 15 iyunga qadar davom etadi.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA