Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov "Chessable Masters" onlayn turniri finalida
15:14 / 2023-04-06

Germaniyaning Berlin shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan “The Armageddon Championship Series” chempionati doirasidagi “Asia & Oceania” turnirida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov onlayn tarzda "Chessable Masters" turnirida ham qatnashmoqda.

Mazkur musobaqaning nimchorak finalida niderlandiyalik Anish Girini 2,5 — 0,5, 1/4 finalda hindistonlik Arjun Erigaisini 2,5:1,5 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgan Abdusattorov yarim finalda rossiyalik Denis Lazavikka qarshi dona surdi. Shiddatli o‘tgan onlayn musobaqa 3:2 ko‘rinishida hamyurtimizning foydasiga hal bo‘ldi.  

Endi Nodirbek Abdusattorov "Chessable Masters" turnirining g‘olibligi uchun kurashda fransiyalik Maksim Vachiyer-Lagrave bilan onlayn ro‘baro‘ keladi.  

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek bugun Germaniyada davom etayotgan “The Armageddon Championship Series” chempionatining “Asia & Oceania” turniri chorak finalida niderlandiyalik Anish Giriga qarshi bahs yuritadi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA