Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Nodirbek 320 nafar ishtirokchi orasida 12-o‘rinni egalladi
13:48 / 2025-12-08

Buyuk Britaniyaning London shahrida shaxmat bo‘yicha “London Chess Classic- 2025” turnirining asosiy yo‘nalishi – klassik shaxmat bahslarida g‘oliblikni tantana qilgan Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan “Super Rapidplay” bahslarida 7,5 ochko jamg‘ardi.

10 ta turdan iborat mazkur musobaqada hamyurtimiz qatorida Maykl Adams, Anand Pranav, Lener Dominges, Pavel Elyanov, Jon Emms, Alireza Firuzja, Eldar Gasanov, Amit Gasi, Stiven Gordon, Rinat Djumabayev singari mahoratli shaxmatchilar dona surdi.

Turnirning rapid bahslari so‘nggi turida Nodirbek gretsiyalik Nikolas Teodorouga qarshi oq donalarda harakatlandi.

Ushbu o‘yinda Abdusattorov raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va 320 nafar ishtirokchi orasida 7,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 12-o‘rinni egalladi.

Hamyurtimizdan ochko tortib olgan Nikolas Teodorou 9 ochko bilan rapid turniri g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Fransiyalik Alireza Firuzja 8,5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA