Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Nodirbek 2 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etdi
09:56 / 2022-02-23

Shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 150 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi “Airthings Masters” onlayn turnirining saralash bahslari yakunlandi.

Dunyoning nomdor grossmeysterlari ishtirok etgan turnirda rapid yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi eng yosh jahon chempioni, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov g‘oliblik uchun kurash olib bordi. 

Kecha, 22 fevral kuni dunyoning 16 nafar kuchli grossmeysterlari so‘nggi 3 ta partiyani o‘tkazishdi. Abdusattorov o‘tkazilgan partiyalarda 2 mag‘lubiyat va 1 durangga erishdi. 

Nodirbek 13-turda polshalik Yan Kshishtof bilan murosaga keldi. Keyin amerikalik Levon Aronyan va ozarbayjonlik Shaxriyar Mamediyarovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Abdusattorov saralash bosqichini 19 ochko bilan 11- o‘rinda yakunladi.  

Nufuzli turnirning saralash bosqichini 29 ochko jamg‘argan rossiyalik Yan Nepomnyashiy yakka peshqadam sifatida yakunladi. Jahon chempioni Magnus Karlsen 25 ochkoga ega bo‘lgan tarzda ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi. 24 ochko jamg‘argan Artemev va Yesipenko keyingi o‘rinlarni band etishdi. 

Shu tarzda 8 nafar shaxmatchi turnirning yarim final yo‘llanmasida kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. 

Bugun, 23 fevral kuni yarim final bahslari tashkil etiladi. Unda Yan Nepomnyashiy (Rossiya) - Vinsent Kaymer (Germaniya), Erik Xansen (Kanada) - Andrey Yesipenko (Rossiya), Vladislav Artemev (Rossiya) - Liren Ding (Xitoy) hamda Le Kuang Lem (Vetnam) - Magnus Karlsen (Norvegiya) ro‘baro‘ kelishadi. 25-26 fevral kunlari turnirining final o‘yini bo‘lib o‘tadi. 
 

T.Ro‘ziyev  
O‘zA