Joriy yilning 28 mart-16 aprel kunlari Kiprda o‘tadigan da’vogarlar turniri dunyo shaxmatchilari qatori ishqibozlar e’tibor markazidagi eng nufuzli musobaqalardan biri sanaladi.
8 nafar erkak va 8 nafar ayol shaxmatchi qatnashadigan da’vogarlar musobaqasiga yo‘llanma olgan shaxmatchilar hozirda qizg‘in tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.
AQSHlik Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, niderlandiyalik Anish Giri, germaniyalik Mattias Blyubaum, xitoylik Vey I, rossiyalik Andrey Yesipenko, hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa va hamyurtimiz Javohir Sindorov qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan da’vogarlar turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollari etib belgilangan.

FIDEning 2026 yil yanvar oyi reytingi tasdiqlanishi, shu bilan birga, o‘tgan yil davomidagi natijalariga ko‘ra, da’vogarlar turniri ishtirokchisiga aylangan Xikaru Nakamura tayyorgarlikni boshlaganini e’lon qildi.
Hikaru Nakamura “Chess Stalker” saytida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish asnosida keyingi uch oy davomida barcha mashg‘ulotlari aynan shu tahlilga asoslanishini qayd etdi.
Mahoratli grossmeysterimiz Sindorovning o‘yin uslubini tahlil qilish jarayonida Javohirda 357 ta partiya borligini, uning statistikalariga e’tibor qaratib, hujum — 99, himoya — 96, ruhiy quvvati — 94, umumiy reytingi – 96 ekanligini e’tirof etib, da’vogarlar turniridagi barcha ishtirokchilar orasida eng yuqori umumiy reyting aynan unda bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, amerikalik shaxmatchi Sindorovning asosiy muammosi — qanday o‘ynashini oldindan aytsa bo‘ladigani, unda aniq o‘yin shablonlari borligini ham keltirdi va hamyurtimizdan qanday o‘yin uslubida ustunlikka erishish mumkinligini ham tahlil asosida keltirgan.
Shuningdek, Nakamura “Chess Stalker” orqali boshqa raqiblarini ham “tekshirib chiqqanini” va bu usul g‘alabaga olib boradigan yo‘l juda oddiy va to‘g‘ri bo‘lishini ta’kidladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA