Shaxmat: Muhiddin Madaminov Shveysariyada zafar quchdi
Shveysariyaning Bil shahrida shaxmat bo‘yicha “Biyel International Chess Festival 2024” musobaqasining rapid bahslarida mamlakatimiz vakili muvaffaqiyatga erishdi.
27 davlatning 143 nafar mahoratli shaxmatchisi ishtirok etayotgan turnirda hamyurtimiz Muhiddin Madaminov o‘tkazilgan 9 ta turdan iborat bahslarning 8 tasida g‘alabaga erishdi. Bu o‘z navbatida Madaminovning 8 ochko bilan g‘oliblikni tantana qilishiga olib keldi.
Rapid yo‘nalishida hamyurtimizdan keyingi o‘rinlarni 7,5 ochkoga ega qozog‘istonlik Bibisara Assaubayeva, mo‘g‘ulistonlik Sugar Gan-Erdene egalladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA