Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Malayziyada O‘zbekiston madhiyasi yangradi
09:00 / 2025-09-22

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “20th Malaysian Chess Festival” xalqaro turnirida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi g‘oliblikka erishdi.

Dunyoning 23 ta mamlakatidan 1 ming 51 nafar yosh shaxmatchilar ishtirok etgan turnirda mamlakatimiz sharafini Nilufarxon Imomqo‘ziyeva, Marjona Malikova, Asal Salimova va Aleksey Barsov o‘z yo‘nalish va yosh toifalarida himoya qildi.

Turnirda 136 nafar FIDE tizimidagi xalqaro unvonlarga ega shaxmatchilar dona surgan bo‘lsa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Asal Salimova 13 ta davlatning 89 nafar kuchli shaxmatchilari bilan “Open Classical” guruhidagi bahslarda 9 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni egalladi. Uning g‘alabasi sharafiga Malayziyada O‘zbekiston bayrog‘i yuksalib, madhiyamiz baralla yangradi.

Ushbu g‘alaba orqali Salimova o‘z hisobiga +28,2 xalqaro reyting ochko qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi.

Yana bir mahoratli shaxmatchi qizimiz Nilufarxon Imomqo‘ziyeva 9 imkoniyatdan 5 ochko jamg‘arib, ayollar o‘rtasida o‘z guruhida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA