French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Javohir Sindarov hokim kubogi sohibi bo‘ldi
16:20 / 2022-11-07

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha "Tashkent Open Hokim Cup" musobaqasi o‘tkazildi.

"Hilton" mehmonxonasida tashkil etilgan bahslarda professional erkaklar guruhida Javohir Sindarov 1-o‘rinni egallab, musobaqa nizomida belgilangan 50 million so‘m miqdoridagi mukofotga ega chiqdi.

Professional shaxmatchi xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa omad Umida Omonovaga nasib etdi.

Havaskor shaxmatchilar musobaqasida erkaklar o‘rtasida sovrinli o‘rinlar Sherali Ravshanov, Marsel Shoyusupov va Sid Usmon Shamsuddinga nasib etgan bo‘lsa, xotin-qizlar bahsida Vasila Abdujabborova, Ruqiya Olimova hamda Mumtozbegim Mansurova g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA