Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Jahon kubogining murosasiz bahslari oldinda
12:39 / 2025-11-08

Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan jahon kubogi musobaqalarining 3-bosqich 1-tur o‘yinlari O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun muvaffaqiyatli o‘tmadi.

Eng avvalo aytish lozimki, birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov mazkur turda meksikalik Xose Martinezga qarshi o‘tkazgan o‘yini hamyurtimizning joriy yilgi o‘yinlari orasidagi eng past ko‘rsatkichi bo‘ldi, deyish mumkin.

Ikki soatdan ziyod davom etgan bahsda Abdusattorov( 2750) reytingda o‘zidan deyarli 100 ochko quyida joylashgan Xose Martinez(2644)ga kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Xuddi shuningdek, Shamsiddin Vohidov hindistonlik Arjun Erigaisi qarshiligini yenga olmadi.

Mahoratli grossmeysterlarimiz Javohir Sindorov germaniyalik Nikolas Teodoru bilan, Nodirbek Yoqubboyev Chexiya sharafini himoya qilayotgan Van Nguyen bilan durangga erishdi.

Bugun, 8 noyabr kuni 3-bosqichning 2-tur javob uchrashuvlarida hamyurtlarimiz keyingi bosqich masalasini hal etishi uchun raqiblaridan ustunlikka erishishi kerak bo‘ladi.

Mukofot jamg‘armasi 2 million AQSH dollaridan iborat jahon kubogining ortda qolgan 3-bosqich 2-tur o‘yinlarining 26 tasida durang natija qayd etilgani oldinda yanada murosasiz o‘yinlar borligidan darak bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, jahon kubogida sovrindorlikka erishgan 3 nafar shaxmatchi 2026 yilgi jahon chempionatining nomzodlar musobaqasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA