Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHAXMAT: Issiqko‘l – shaxmatchilarimiz musobaqada, hakamlarimiz esa dam olishdi
13:03 / 2018-07-27

Yozning jazirama saratonida dam olish va sport tadbirida ishtirok etish uchun salqin va mo‘tadil havoli manzil bo‘lsa, qanday yaxshi. Qirg‘izistonning Issiqko‘l dam olish hududi bunga ayni muddao. Hamyurtlarimiz esa bunday imkoniyatdan unumli foydalanishayotganligi bor gap.

Yozning jazirama saratonida dam olish va sport tadbirida ishtirok etish uchun salqin va mo‘tadil havoli manzil bo‘lsa, qanday yaxshi. Qirg‘izistonning Issiqko‘l dam olish hududi bunga ayni muddao. Hamyurtlarimiz esa bunday imkoniyatdan unumli foydalanishayotganligi bor gap.

Aytaylik, yaqinda Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishlagan, rekord natijalarini yanada mustahkamlab qaytgan hakamlarimiz Ravshan Ermatov va Abduhamidullo Rasulov oilalari hamda yaqinlari bilan charchoqlarini chiqarishga aynan shu manzilni ma’qul topishdi. 

1.jpg

Shaxmatchilarimiz ham ikkilanmay, Issiqko‘lda tashkil etiladigan xalqaro turnirda qatnashishga rozilik berishdi va turnirdan qator medallar bilan qaytishdi.


Mamatqul Xaylayev rahbarligidagi shaxmatchilar delegatsiyamiz D.Derbishev xotirasiga bag‘ishlangan blis-turnirda ishtirok etishdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh shaxmatchilari o‘rtasida shveysarcha tizimda o‘tgan va 7 turdan iborat musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston davlatlarining 14 yoshgacha bo‘lgan jami 31 nafar iqtidor egalari g‘oliblik uchun dona surishdi. Yosh shaxmatchilar o‘rtasidagi har qanday turnirda O‘zbekiston sha’nini munosib himoya qilayotgan vatandoshlarimiz bu musobaqada ham muvaffaqiyatli yurishlarini davom ettirishdi. Samandar Shermuhammedov 14 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida 7 ta imkoniyatdan 6 ochko to‘plab, oltin medal sohibi bo‘ldi. Bahrom Baxrillayev 10 yoshlilar o‘rtasida 24 nafar ishtirokchi orasida 6 ochko bilan kumush, Jonibek Baxtiyorov esa 14 yoshlilar orasida 5 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Kecha turnir ishtirokchilari dam olishdi, Issiqko‘lni sayohat qilishdi va standart bahslarining final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishdi. Bugun ushbu tur bo‘yicha bahslar davom etadi.
Standart shaxmatning jamoaviy bahslarida hamyurtlarimiz 6-turdan so‘ng 27 ochko bilan peshqadamlik qilishyapti. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Qozog‘iston terma jamoasida 24 ochko bo‘lsa, qirg‘izistonlik shaxmatchilar 22 ochko bilan uchinchi o‘rinni band qilib turishibdi.