French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: hamyurtlarimiz JChda ishtirok etish uchun Antaliyaga jo‘nab ketdi
11:46 / 2019-04-17

Mamlakatimizning yosh va umidli shaxmatchilaridan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun ertalab Turkiyaga uchib ketdi.


Mamlakatimizning yosh va umidli shaxmatchilaridan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun ertalab Turkiyaga uchib ketdi.

Ular Antaliya shahrida o‘tadigan 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.

Terma jamoamiz tarkibidan 7 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida Zaynura Abrorova hamda Akbar Allaberganov, 9 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar orasida esa mamlakat birinchiligi sovrindori Xumoyun Bekmurodov kabi iste’dodli shaxmatchilar o‘rin olgan.

Shuningdek, jahon chempionatida Afruza Hamdamova, Bahrom Baxrullaev (11 yosh), Umida Omonova (13 yosh), Javohir Sindarov (15 yosh) hamda 17 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasida Shamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboev, Ali Qosimov singari nafaqat yurtimiz, balki xorijda ham nom chiqargan umidli yoshlarimiz O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.