Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: hamyurtlarimiz bugun JChdagi ishtirokini boshlaydi
16:58 / 2019-04-18

Xabar berganimizdek, mamlakatimizning yosh hamda umidli shaxmatchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyaga jo‘nab ketgan edi.


Xabar berganimizdek, mamlakatimizning yosh hamda umidli shaxmatchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyaga jo‘nab ketgan edi.

Ular ushbu davlatning Antaliya shahrida bo‘ladigan 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishadi. Yana bir necha daqiqalardan so‘ng shaxmatchilarimiz jahon birinchiligidagi o‘zlarining dastlabki o‘yinlarini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Antaliya taxtalarida vatanimiz sharafini Zaynura Abrorova, Akbar Allaberganov (7 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida), Xumoyun Bekmurodov (9 yosh), Afruza Hamdamova, Bahrom Baxrullaev (11 yosh), Umida Omonova (13 yosh), Javohir Sindarov (15 yosh), Shamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboev hamda Ali Qosimov (17 yosh) singari nafaqat yurtimiz, balki xorijda ham mashhur shaxmatchilar himoya qiladi.