Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Germaniya turnirining ilk bosqichida Abdusattorov g‘oliblikka erishdi
09:12 / 2024-02-11

Abdusattorov Germaniya turnirining ilk bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Asosiy bahslar esa endi boshlanmoqda.

Germaniyada davom etayotgan “Freestyle Chess G.O.A.T Challenge“ turnirining rapid yo‘nalishidagi bahslar sarhisobiga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov g‘oliblikka erishdi.

Dunyoning eng kuli 8 nafar shaxmatchisi ishtirokida tashkil etilayotgan turnirning rapid yo‘nalishidagi musobaqalarda Nodirbek o‘tgan 8 ta partiya yakuniga ko‘ra, 5,5 ochko jamg‘ardi.

Abdusattorov ikki kunlik bahslar davomida Alireza Firuzja, Magnus Karlsen, Gukesh va Din Lijenni mag‘lub etgan bo‘lsa, Vinsent Kaymar, Fabiana Karuana, Levon Aronyan bilan murosa yo‘lini tanladi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 200 ming AQSH dollaridan iborat “Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turnirining Fisher yo‘nalishida kechadigan klassik shaxmat musobaqalarining chorak final bahslari 11-12, yarim final bahslari 13-14 va final musobaqalari 15-16 fevral kunlari tashkil etiladi.  

Musobaqa nizomiga muvofiq turnirda ishtirok etayotgan barcha shaxmatchilar belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA