Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat festivali g‘oliblari aniqlandi
16:36 / 2017-07-31

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 8-14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida bolalar shaxmat festivalining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 8-14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida bolalar shaxmat festivalining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan festivalning mazkur bosqichida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan shaxmatchilar joriy yil dekabr oyida o‘tkaziladigan yarim final bahslarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. Yarim finalda 1-2 o‘rinlarni egallagan sportchilar esa 2018-yili mamlakatimiz chempionatida ishtirok etadi.

Shveytsarcha tizimda yetti turdan iborat musobaqaning 8 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Javohir Abdullayev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Saidnazar Ne’matjonov kumush, Islombek Anoriddinov bronza medal bilan taqdirlandi. Ushbu yoshdagi qizlar bahsida Maftuna Odilbekova birinchi, Sevinch Davlatova ikkinchi, Mubina Rashidova uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘n yoshgacha o‘g‘il bolalar bahsida Abubakir Jo‘rayevga teng keladigan raqib topilmadi. Miraziz Qo‘ziyev ikkinchi, Sayyid Shamsiddin uchinchi bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida Anora Sotimova, Shahina Olimova va Komila Asomiddinova kuchli uchlikdan joy oldi.

O‘n ikki yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Bobur Boboxo‘jayev birinchi, Muhiddin Madaminov ikkinchi va Umidjon Husanov uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘n to‘rt yoshgacha o‘g‘il-qizlar bahsida Xidirdavlat Raimqulov, Malik Boboqulov, Otabek Abduqodirov, Zarnigor Abdulatipova, Yulduz Isroilova va Mubina Zokirova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.