Xalqaro shaxmat federatsiyasi 2026 yilgi da’vogarlar turniri ishtirokchilarining to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi.
Ma’lumki, o‘tgan yilning noyabr oyida Hindistonda o‘tgan jahon kubogida g‘oliblikni tantana qilgan mahoratli shaxmatchimiz Javohir Sindorov va finalda hamyurtimizdan mag‘lub bo‘lgan xitoylik Vey I hamda 3-o‘rin uchun kurashda terma jamoamiz a’zosi Nodirbek Yoqubboyevdan ustunlikka erishgan Andrey Yesipenko(FIDE) da’vogarlar turniri yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.

Kuni kecha FIDEning 2026 yil yanvar oyi reytingi tasdiqlanishi, shu bilan birga o‘tgan yil davomidagi natijalariga ko‘ra, amerikalik Xikaru Nakamura da’vogarlar turnirining so‘nggi ishtirokchisi nomiga musharraf bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 8 nafar erkak va 8 nafar ayol shaxmatchilar qatnashadigan da’vogarlar musobaqasi joriy yilning 28 mart - 16 aprel kunlari Kiprda bo‘lib o‘tadi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA