Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: chempionlik sari dadil qadam davom etadimi?
11:44 / 2025-06-15

Jamoalar o‘rtasida Buyuk Britaniyaning London shahrida o‘tkazilayotgan jahon chempionatining to‘rtinchi kungi musobaqalarida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Rustam Qosimjonov, Nodirbek Yoqubboyev, Gulruhbegim Tohirjonova, Nilufar Imomqo‘ziyeva, Afro‘za Hamdamova, Shamsiddin Vohidovdan iborat “Uzbekistan” jamoasi kecha blits bo‘yicha kechgan 12 ta turnirning barchasida g‘alabaga erishdi.

Ya’ni 24 ochko jamg‘arib, “S” guruhi g‘olibi sifatida keyingi bosqichdagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Bugun, 15 iyul kuni dunyoning eng kuchli grossmeysterlarini jamlagan 52 jamoa ishtirok etayotgan ushbu nufuzli musobaqaning blits bahslari 1/8 final o‘yinlari boshlanib, kun davomida 16 ta jamoa orasidan g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Kuchlilar safidan joy olishga intilayotgan “Uzbekistan” jamoasi g‘oliblik yo‘lidagi kurashni davom ettira oladimi? Bu savolga javobni aynan bugun 1/8 finalda shaxmatchilarimizning “D” guruhida 4-o‘rinni egallagan Qozog‘istonning “Barys.kz” jamoasiga qarshi bahs natijasi orqali bilib olamiz.

Shuningdek, ushbu bosqichda “A” guruhida 1-o‘rinni egallagan “WR Chess” jamoasi chorak final chiptasi uchun “V” guruhida 4-o‘rinni band etgan “Malcolmʼs Mates” shaxmatchilari bilan kuch sinashsa, “Hetman GKS Katowice” (D3) – “Germany and Friends” (C2), “MGD1” (D1) – “Generation XYZA” (C4), “Knight Dance” (A3) – “HexamindChess” (B2), “Freedom” (B1) – “FIDE MB” (A4), “Rookies2 (C3) – “KazChess2 (D2), “Theme International Trading” (B3) – “Ashdod Elit Chess Club” (A2) jamoalari keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kechadigan “aql janglari”da to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatining umumiy mukofot jamg‘armasi 500 ming yevro etib belgilangan bo‘lib, blits musobaqalarida sovrindor bo‘lgan jamoalar o‘rtasida 190 ming yevro taqsimlanadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA