Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat chempionatiga start berildi
12:03 / 2025-02-21

Buxoro viloyatida joriy yilning 21 fevral sanasidan boshlab 10 kun davomida 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Viloyat markaziy temiryo‘l vokzalida musobaqa ishtirokchilari tantanali kutib olindi. Unda viloyat Sport boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari boshqarmasi rahbariyati qatnashib, ishtirokchilariga omad tiladi.  

[gallery-21853]

Musobaqalar Buxoro shahrining “Universal sport majmuasi”da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Turnir oldidan majmua yuqori darajada tayyorlandi. Respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar rapid, blits, standart yo‘nalishlarida bellashadi.  

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari