Shaxmat: Bugun g‘olib nomi aniq bo‘ladi
Hindistonning Goa shahrida dunyo shaxmat ishqibozlari e’tiborida bo‘lgan jahon kubogining final va 3-o‘rin uchun o‘tkazilgan dastlabki tur o‘yinlarida kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi.
Finalda kurash olib borgan hamyurtimiz Javohir Sindorov ilk partiyada xitoylik Vey Iga qarshi dona surdi.

Dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokidagi ilk o‘yinda murosa yo‘li tanlandi. Endi shaxmatchilar bugun, 25 noyabr kuni o‘tadigan 2-turda g‘olib nomini aniqlash uchun ro‘baro‘ keladi.
Jahon kubogining uchinchi o‘rni va nomzodlar musobaqasining yagona yo‘llanmasi uchun kechgan o‘yinda Nodirbek Yoqubboyev Andrey Yesipenkoga imkoniyatni boy berdi.
Final bahsining natijasi va 3-o‘rin uchun kurash olib borayotgan shaxmatchilarning keyingi imkoniyatlari qanday ko‘rinish olishi 25 noyabr kungi musobaqalar sarhisobiga ko‘ra aniqlanadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA