Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat bo‘yicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi”ning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi
10:58 / 2023-06-26

FOTOREPORTAJ

Yoshlar siyosati va sport vazirligi respublika shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” musobaqasini o‘tkazdi.

Shaxmat musobaqalari besh bosqichda bo‘lib o‘tdi. Avval mahalla, keyin sektor va tuman bosqichlarida yaxshi ko‘rsatgichlarga erishgan shaxmat ixlosmandlari viloyat va respublika bosqichlarida o‘z omadini sinovdan o‘tkazdi.

[gallery-12491]

Kecha poytaxtimizdagi “Zakovat” binosida “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” ning respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda havaskor hamda professionallar alohida guruhlarda g‘oliblik uchun bellashdi.

Umumiy sovrin jamg‘armasi 880 million so‘m bo‘lgan turnirning final bosqichida 56 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.

1-o‘rin sohiblari 50 million so‘m, 2-o‘rinni egallaganlar 30 million so‘m va 3-o‘rinni olganlar 20 million so‘m bilan taqdirlandi. Shuningdek, barcha final ishtirokchilariga 10 million so‘mdan berildi.

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA