Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat bo‘yicha yana bir turnir nihoyasiga yetdi
10:27 / 2025-07-17

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizda xalqaro grossmeyster, taniqli murabbiy Dmitriy Qayumov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir nihoyasiga yetdi. Turnirda 10 nafar ishtirokchi aylanma tizimda o‘zaro kuch sinashdi.  

Musobaqada Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari g‘oliblik uchun baxs olib bordilar.  

[gallery-24349]

Turnirni o‘tkazishdan maqsad, shaxmatchilarga xalqaro sport ustasi talabini bajarishga imkon yaratish hamda ularning reyting ochkolarini oshirishdir.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Maqsat Atabayev (Turkmaniston) 9 imkoniyatdan 6,5 ochko to‘plab, turnir g‘olibiga aylandi. Akbarali Abduhakimov (O‘zbekiston) 6 ochko bilan 2-o‘rin bilan kifoyalandi. 3-o‘rin esa Qirg‘iz Respublikasi vakili Tegin Tologon Semeteyga nasib etdi. U yakunda 5,5 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.  

Muhammad AMIN(surat),O‘zA