French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi
16:51 / 2024-02-21

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Yoshlar ishlari agentligi hamda Olmaliq shahar Soliq inspeksiyasi hamkorligida sportning shaxmat turi bo‘yicha “Olmaliq shahar Soliq inspeksiyasi rahbar kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa avvalida filial direktori A.Samadov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. 

So‘ng musobaqa mehmoni grossmeyster, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘olibi, Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-shaxmat olimpiadasi chempioni, O‘zbekiston iftixori medali sohibi Nodirbek Yakubov shaxmat ixlosmandlariga o‘z muvaffaqiyatlari haqida so‘zlab berdi. 

Musobaqada ishtirok etgan 200 ga yaqin 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan shaxmat ixlosmandlari o‘rtasida shaxmat kurashlari shiddatli tarzda bo‘lib o‘tdi. 

Shunga ko‘ra, 1-o‘rin TDTU Olmaliq filiali talabasi Umidjon Orziqulovga, 2-o‘rin Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Humoyun Rustamovga va 3-o‘rin OKMK 3-mis boyitish fabrikasi ishchisi Abdurahmon Abdunazarovga nasib qildi. 

G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

B.Jamiyev, 

TDTU Olmaliq filiali direktori o‘rinbosari