Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat bo‘yicha DXX kubogi musobaqasi
18:17 / 2023-06-17

Guliston shahrida shaxmat bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda nogironligi bo‘lgan sportsevarlar dona surdi.

Shaxmat insonning aqliy faoliyatini yaxshilaydi. Teran fikrlash, yetti o‘lchab bir kesish, oqilona qaror qabul qilish kabi sifatlarni rivojlantiradi. Shu bois bugun viloyatda  bu sport turi aholining barcha qatlami orasida taraqqiy etib bormoqda.  

[gallery-12391]

Davlat xavfsizlik xizmati  kubogi uchun kechgan  bahslarda 70 nafar intellektual salohiyat sohibi ishtirok etdi. Yuqori marralar sari astoydil harakat qilayotgan umidli shaxmatchilar har bir bahsda mas’uliyat bilan dona surdi. Sirdaryo viloyati Davlat xavfsizlik xizmati  boshqarmasi, Viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda Yoshlar ishlar agentligi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqa  yuqori darajada tashkil etilganligi bilan ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.  

Musobaqa doirasida sektor rahbarlarining ishtirokchilar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. G‘oliblar aniqlandi. Erkaklar o‘rtasida Murod Isoqov natijasini yaxshilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ayollar raqobatida esa oqoltinlik  Gulchehra Xolmo‘minovaga omad kulib boqdi. Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlar, shuningdek nominatsiyalar g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Sh.Suyarov, O‘zA