Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat bo‘yicha 12 yoshlilar o‘rtasida viloyat bosqichi o‘tkazildi
16:49 / 2026-01-13

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida sportning shaxmat turi bo‘yicha 12 yoshli o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining Navoiy viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada viloyatning turli hududlaridan kelgan iqtidorli yosh shaxmatchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida E’zozbek Mahmudov 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Islombek Nuriddinov 2-o‘ringa, Fayozbek Pardaboyev esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. 

Qiz bolalar o‘rtasida esa Nilufar Maxmudova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Xolida Muhammadiyeva, 3-o‘rinni esa Parizoda Kamolova egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri