Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat bo‘yicha Oltin kuz turniri g‘oliblari aniqlandi
12:15 / 2016-11-17

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha an’anaviy "Oltin kuz" reyting turniri o‘tkazildi. Musobaqada o‘ttizdan ziyod shaxmatchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha an’anaviy "Oltin kuz" reyting turniri o‘tkazildi. Musobaqada o‘ttizdan ziyod shaxmatchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Shveytsarcha tizimda to‘qqiz turdan iborat turnirda poytaxtlik Rustam Saidaliyev 7,5 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. U to‘qqiz partiyaning  yettitasida g‘alaba qozonib, bittasida durang natijani qayd etdi.

Yana bir poytaxtlik shaxmatchi Aleksandr Agishev yetti ochko bilan ikkinchi o‘ringa, xorazmlik Nilufar Yoqubboyeva 6,5 ochko bilan uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, qizlar o‘rtasida poytaxtlik Asal Salimova, o‘n to‘rt yoshgacha o‘g‘il bolalar bahsida Toshkent viloyatidan Samandar Shermuhammadov, faxriylar orasida toshkentlik Shavkat Yo‘ldoshev g‘olib, deb topildi.