Shaxmat akademiyasida qabul imtihonlari davom etmoqda
Xalqaro shaxmat akademiyasida 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Bugun 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 304 nafar o‘quvchi birinchi bosqich sinovlarini topshirishdi.
Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha 7 ta tur o‘yinlari o‘tkazildi. Uchrashuvda 3,5 ochko to‘play olgan bolalar keyingi bosqichga o‘tadi.
Navbatdagi bosqich 18 avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 2-bosqichda talabgorlar shaxmat bo‘yicha beriladigan turli topshiriqlar, savollarga javob berishi kerak bo‘ladi. Har ikki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar shaxmat akademiyasiga qabul qilinadi.
[gallery-13158]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA