FOTOREPORTAJ
Avval xabar berilganidek, poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida birato‘la 2 ta turnir bo‘lib o‘tdi. Biri «Scheveningen Team Tournament» I - Xalqaro shaxmat festivali, ikkinchisi esa ayollar va erkaklar o‘rtasida (1-liga) mamlakat chempionati.
Festivalda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Rossiya, Litva va Belarus jamoalaridan iborat bo‘lgan komanda bilan 10 ta partiya bellashdi. Yakunda kichik farq bilan jamoamiz mag‘lub bo‘ldi.
[gallery-10636]
100 nafarga yaqin shaxmatchi ishtirok etgan mamlakat chempionati bahslarida ham g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. Oksana Slapoguzova, Aziza Tursunova, Sitora Saparova, Afruza Hamdamova, Muhammadzohid Suyarov, Abdulaziz Qurbonov g‘oliblik shohsupasidan joy oldi.
G‘olib va sovrindorlar ta’sischi tashkilotlar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA