Shu kunlarda Rossiyaning Moskva shahrida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Aeroflot-open 2026” xalqaro turniri davom etmoqda.
21-bor o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqaning “Open” guruhida 150 nafar eng mahoratli shaxmatchilar qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Afruza Hamdamova va Muhammadzohid Suyarov dona surmoqda.

Ortda qolgan 6 ta tur natijalariga ko‘ra, rossiyalik Yan Nepomnyashiy 5,5 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Hamyurtlarimizdan Muhammadzohid Suyarov 4 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 35-qatorni band etgan bo‘lsa, Afruza Hamdamova hisobida hozircha 3 ochko mavjud.

Bugun, 4-mart kuni xalqaro turnirning 7-tur bahslari tashkil etiladi. Unda Muhammadzohid Suyarov qora donalarda 3,5 ochkoga ega rossiyalik Aleksandr Riazansev bilan kuch sinashsa, Afruza Hamdamova hindistonlik Narayanan bilan bahs olib boradi.
9 turdan iborat turnir 6-martga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA