French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Afruza Hamdamova va boshqalar Tailandda
14:25 / 2026-01-22

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Tailandda tashkil etilayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishdi.

Shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova, xalqaro turnirlarda munosib yutuqlarga erishgan  iste’dodli shaxmatchi qizlarimiz - Gulruhbegim Tohirjonova, Umida Omonova, Guldona Karimova va Madinabonu Xalilovadan iborat tarkib 28 yanvarga qadar davom etadigan yig‘inda o‘z mahoratlarini oshirishi belgilangan.

Jamoaning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini yanada kuchaytirish, xalqaro tajribani oshirish hamda navbatdagi nufuzli musobaqalarga puxta hozirlik ko‘rishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tajribali mutaxassis, grossmeyster Ruslan Sherbakov olib bormoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA