Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Abdusattorov Ispaniya, Yoqubboyev Niderlandiya vakili bilan bahslashadi
10:24 / 2026-02-28

Bugun, 28-fevral kuni Chexiyaning Praga shahrida “Prague International Chess Festival 2026” xalqaro turniri “Masters” guruhida o‘tadigan 4-tur bahsida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda ispaniyalik David Anton, Nodirbek Yoqubboyev esa oq donalarda niderlandiyalik Jorden van Forest bilan kuch sinashadi.

Abdusattorov oq donalarda germaniyalik Vinsent Keymer bilan, Yoqubboyev amerikalik Xans Nimann bilan durang o‘ynadi.

3-turning eng qiziqarli bahslaridan biri amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju va niderlandiyalik Jorden van Forest o‘rtasida o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Yevropa vakili Gukeshni mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek, mazkur turda ispaniyalik Devid Anton chexiyalik Devid Navara bilan, hindistonlik Aravindx Chitambaram eronlik Parxam Magsudlu bilan durangga erishdi.

Bugun o‘tadigan 4-tur o‘yinlari ostonasida N.Abdusattorov 2 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra peshqadamlik qilmoqda. 2 ochko jamg‘argan van Forest, N.Yoqubboyev va Navara keyingi pog‘onalarda bormoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA