Shaxmat: Abdumalik Abdusalimov Bavariya turnirida munosib ishtirok etdi
Germaniyada shaxmat bo‘yicha tashkil etilgan XXVIII Bavariya xalqaro ochiq turnirida Vatanimiz sharafini xalqaro grossmeysterlar Abdumalik Abdusalimov va Ortiq Nigmatov himoya qildi.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 15 ming yevrodan iborat musobaqa yakunlariga ko‘ra, mahoratli shaxmatchimiz Abdumalik Abdusalimov 9 tur o‘yinlari natijasida 7 ochko jamg‘ardi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 4-o‘rinni egalladi. Ushbu natija tufayli Abdusalimov o‘z reytingiga +11 ochko qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi.
Turnirda 8 ochko jamg‘argan eronlik Amin Tabatabai 1-o‘rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Abdusalimov singari 7 ochko jamg‘argan germaniyalik Engel Luis hamda polshalik Gumularc Shimonga nasib etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA