Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: 8 va 14 yoshli o‘g‘il-qizlar O‘zbekiston chempionligi uchun kurashdi
11:55 / 2026-02-12

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 8 va 14 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Shaxmatning rapid, blits va standart yo‘nalishlarida o‘tkazilgan murosasiz bahslarda mamlakatimizning barcha hududlaridan eng iqtidorlilar dona surdi.

Qiziqarli va o‘ziga xos kombinatsion o‘yinlardan iborat chempionat yakunlariga ko‘ra, 8 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Mohinur Azamxo‘jayeva uchta yo‘nalishda 1-o‘rinni egalladi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa o‘z yo‘nalishlarida Kemal Mirzaqulov,  Abdulaziz Hasanov, Komiljon Murtazoyev g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Shuningdek, Miraziz Mirzayev, Muhammad Mustafo Fatxullayev, Sarvar Abduahatov,  Farzona G‘ulomova,  Shukrona Akmalova,  Zilola Primqulova, Malika Ikromova sovrinli o‘rinlarga egalik qildi.

14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida Mohinur Hikmatxonova, Dilnoza Nurullayeva, Ezozaxon Hasanova, Abdulboriy Abduvaliyev, Afruzbek Sobirov, Shahzod Islomov kabi yoshlar g‘olib va sovrindorlikka erishdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA