Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: 5 nafar ishtirokchi xalqaro talablarni bajardi, ular kimlar?
20:06 / 2021-08-22

Bugun yakuniga yetgan shaxmat bo‘yicha o‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnirda 5 nafar ishtirokchi FIDEning turli talablarini bajardi. Quvonarlisi, ularning to‘rt nafarini o‘zbekistonlik shaxmatchilar tashkil etishdi.

Jumladan, Nilufar Yoqubboyeva ayollar o‘rtasida grossmeysterlik talabini bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga u erkaklar o‘rtasida xalqaro master talabini ham bajardi.

Ali Qosimov, Muhiddin Madaminov hamda Bobur Sattorovlar esa xalqaro master talabini bajargan shaxmatchilarimizga aylanishdi.

Shuningdek, xalqaro turnirda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan tojikistonlik Muhammad Xusenxodjayev xalqaro grossmeyster talabini bajardi.

Bugun Xalqaro shaxmat akademiyasida ushbu shaxmat ustalariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Z. JONIBEKOV, O‘zA