Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxboz Olimpiadaga yo‘llanma oldi
15:50 / 2021-05-07

Yaponiyada o‘tayotgan akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo saralash musobaqasida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Xususan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi hamda magistratura ikkinchi bosqich talabasi, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi Shaxboz Xolmirzayev "Tokio–2020" Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bu haqda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti matbuot xizmati xabar berdi.