Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib saylandi
12:21 / 2024-10-03

Toshkent shahar sport boshqarmasi mas’ullari, poytaxt sport maktablarining rahbarlari hamda shaxmat bo‘yicha murabbiy-mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda poytaxtda shaxmat maktablarini tashkil etish va rivojlantirish, yoshlarning shaxmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalari muhokama qilindi.    

Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi hamda hozirda Toshkent shahar hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib saylandi.   

Shu bilan birga, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisining o‘rinbosarlari, ijrochi direktori hamda kotibi saylandi.   

Rais o‘rinbosarlari etib Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Husanboyeva, Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Bobur Mirzayevlar saylandi.   

Shayxontohur tumani sport maktabi direktori Sherzod Ziyamatov ijrochi direktor vazifasini bajaradi. Bosh kotib Toshkent shahar sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Abduraimov hisoblanadi.   

Gulnoza Boboyeva, O‘zA