Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
10:53 / 2025-07-24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblari, mamlakatimizning barcha hududlari va xorijdagi yurtdoshlarimizdan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Maktublarda O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida aholi farovonligini oshirish, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyotini ta’minlash, uning xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan ortga qaytmas siyosiy islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar dasturini samarali amalga oshirish borasida erishilgan yuksak natijalar qayd etilgan.

Prezidentimizga mustahkam sog‘liq va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Shuningdek, bugun davlatimiz rahbarining ko‘plab mamlakatlar yetakchilari bilan telefon orqali muloqotlari rejalashtirilgan.