Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyevning qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi boshlandi
12:30 / 2021-10-11

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish uchun 11 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabida nomzodning viloyat saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvni nomzodning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Temur Poyonov ochdi.

Joriy yil 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan muhim ijtimoiy-siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga viloyatda puxta tayyorgarlik ko‘rilayotgani qayd etildi.

Ishonchli vakil keyingi yillarda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz, shu jumladan, Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, yirik ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, ularning odamlar turmushi farovonligini yaxshilashdagi ahamiyati haqida to‘xtaldi., Ayniqsa, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, sanoat yo‘nalishi, yoshlar bandligini ta’minlash, ta’lim va boshqa sohalarda amalga oshirilgan ishlarni alohida ta’kidladi.

Shundan so‘ng so‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevga berildi.

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qilmoqda.

O‘zA