Shavkat Mirziyoyev: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shaharlardagi yashil maydonlar amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlash masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
– Kun tartibidagi ikkinchi masala – shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlaymiz. Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirishni reja qilganmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bunda loyihani amalga oshirish uchun zarur tashkiliy choralar, texnikalar, irrigatsiya tarmoqlari va boshqa infratuzilma bilan ta’minlash, daraxtlarni parvarish qilish hamda moliyaviy manbalar kabi masalalar hal qilib beriladi.
O‘zA