English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: Xatolarimizni toʻgʻrilashimiz kerak
11:12 / 2020-01-24

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi davom etmoqda.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi davom etmoqda.

Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda. Davlatimiz rahbari deputatlar boʻldi, saylandik, deb emas, endi ishlash kerakligini aytib oʻtdi.

Taʼlimning barcha boʻgʻinlarini isloh qilishni boshladik. Ilm yoʻq joyda qoloqlik, jaholat va toʻgʻri yoʻldan adashish boʻladi. Ilm-maʼrifat va yuksak maʼrifat kerak. Eng yaxshimeros bu yaxshi tarbiya.

Shuni xalqimizga murojaat qilib aytmoqchiman, “Taʼlimda qilgan xatolarimizni toʻgʻrilash vaqti keldi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oʻz nutqida AKTni oʻrganish, zamonaviy bilimlarni egallash zarur va shart. Bu yuksalishning eng qisqa yoʻllaridant birini beradli. Bugu3n dunyoda AKT kirib boryapti.

“Aksariyat vazirlik, idora, tashkilotlar raqamli texnologiyalardan batamom yiroq, oʻz ustidayam ishlamayapti, jamoasiniyam ishlatolmayapti, koʻpi shunga intilmayapti. Shunga intilmagan rahbarlarning ertangi kuni yoʻq. Xulosani oʻzimiz chiqarishimiz kerak”, dedi Prezident.