Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi
15:18 / 2022-03-23

Ertaga, 24 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Davlatimiz rahbari forumning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.

Tadbirda YeTTB prezidenti Odil-Reno Basso, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava, Saudiya Arabistoni podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih, Jahon savdo tashkiloti vitse-prezidenti Syanchen Chjan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy, Xalqaro moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Stefani fon Friderburg ham qatnashadi.

Prezidentimiz ishtirokidagi sessiyada BBC World News xalqaro telekanalida yangiliklar boshlovchisi sifatida tanilgan, hozirda esa Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.

Bugun esa davlatimiz rahbari Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.